Yoʻl harakati toʻgʻrisida 13-modda. Fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolarning yoʻl harakati sohasidagi tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etishi

Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolar: yoʻl harakatini tashkil etish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirishda, shuningdek yoʻl-transport hodisalarining profilaktikasida ishtirok etadi; yoʻl harakati toʻgʻrisidagi qonunchilikni, yoʻl harakati sohasidagi normativ hujjatlarni takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritadi; yoʻl harakati toʻgʻrisidagi qonunchilikning ijro etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi; davlat hokimiyati organlari va respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan yoʻl harakati sohasidagi qarorlarni ishlab chiqishda qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda ishtirok etadi. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolar qonunchilikka muvofiq boshqa tadbirlarda ham ishtirok etishi mumkin.