Yoʻl harakati toʻgʻrisida 18-modda. Yoʻl harakatini tashkil etishning asosiy koʻrsatkichlari

Yoʻl harakatini tashkil etishning asosiy koʻrsatkichlaridan maxsus mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va vakolatli davlat organlari tomonidan yoʻl harakatini tashkil etishning texnik vositalarini oʻrnatishda, yoʻl harakatining monitoringini amalga oshirishda, yoʻlning oʻtkazuvchanlik qobiliyatini aniqlashda, transport vositalarining harakatlanishini cheklashda yoki taqiqlashda foydalaniladi. Yoʻl harakatini tashkil etishning asosiy koʻrsatkichlari quyidagilardan iborat: yoʻl harakatini tavsiflovchi koʻrsatkichlar — yoʻlning oʻtkazuvchanlik qobiliyati, harakatning jadalligi, transport oqimining tarkibi, transport vositalari harakatlanishining oʻrtacha tezligi, yoʻlning bir kilometrida harakatlanayotgan transport vositalarining oʻrtacha soni (harakat zichligi); yoʻlning transport-ekspluatatsiya koʻrsatkichlari — harakatlanishning belgilangan tezlik bilan taʼminlanganligi, yoʻlning oʻtkazuvchanlik qobiliyati, yoʻlning harakatlanish bilan yuklanganlik darajasi, harakatning uzluksizligi va qulayligi, yoʻlning toifasiga qarab transport vositalarining oʻqlariga tushadigan ogʻirlikka va yuk koʻtarish qobiliyatiga koʻra oʻtkazish quvvati yoki umumiy yuk koʻtarish hajmi; yoʻlning geometrik va fizik koʻrsatkichlari — qatnov qismining hamda yoʻl yoqasi mustahkamlangan qismining kengligi, boʻylama qiyaliklarning kattaligi, tik va yotiq egriliklar radiuslari, burilishlarning yoʻl tuproq koʻtarmasi yonbagʻirlarining nishabligi, koʻrinuvchanlik masofalari, koʻpriklar, yoʻl oʻtkazgichlarining hamda boshqa yoʻl sunʼiy inshootlarining oʻlchamlari, yuk koʻtarish quvvati, muhandislik inshootlarining va yoʻl elementlarining holati, qatnov qismining hamda yoʻl boʻyidagi qoplamalarning kengligi, yoʻl tuproq koʻtarmasining mustahkamligi, oʻzgaruvchanligi, yopishuvchanligi hamda holati, gidroizolyatsiya tizimining holati va yaroqliligi; yoʻl harakati ishtirokchilarining harakat davomida vaqt yoʻqotishini (kechikishini) tavsiflovchi koʻrsatkichlar, tirband joylar soni; yoʻl harakati xa