Yoʻl harakatini tashkil etish loyihalari yoʻl harakatini tashkil etish boʻyicha kompleks dasturlarda koʻrsatilgan tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek ogʻir vaznli, yirik gabaritli, xavfli va maxsus yuklarni tashuvchi transport vositalarining harakatlanish yoʻnalishlarini belgilash maqsadida loyihalash tashkilotlari tomonidan ishlab chiqiladi. Xalqaro ahamiyatga ega boʻlgan yoʻllarda yoʻl harakatini tashkil etish loyihalari xalqaro normalar talablari hisobga olingan holda bajariladi. Ogʻir vaznli, yirik gabaritli, xavfli va maxsus yuklarni tashuvchi transport vositalarining harakatlanish yoʻnalishlari boʻyicha yoʻl harakatini tashkil etish loyihalarini ishlab chiqish chogʻida quyidagilar hisobga olinadi: ogʻir vaznli, yirik gabaritli, xavfli va maxsus yuklarni tashish qoidalari; taqiqlovchi yoʻl belgilarini oʻrnatish; ogʻir vaznli, yirik gabaritli, xavfli va maxsus yuklarni tashuvchi transport vositalarining yoʻl sunʼiy inshootlari orqali oʻtishi tartibi. Ogʻir vaznli, yirik gabaritli, xavfli va maxsus yuklarni tashuvchi transport vositalarining yoʻl sunʼiy inshootlari orqali oʻtishi tartibi maxsus vakolatli davlat organlari tomonidan belgilanadi. Tadbirlarni yoʻl harakatini tashkil etishning tasdiqlanmagan loyihalari boʻyicha amalga oshirishga yoʻl qoʻyilmaydi.