Yoʻllarda transport vositalarining harakati bir sutkadan ortiq muddatga cheklangan yoki taqiqlangan taqdirda alohida yoʻl harakatini tashkil etish loyihalari ishlab chiqiladi. Yoʻllarda transport vositalarining harakatlanishini cheklash yoki taqiqlash davri uchun alohida yoʻl harakatini tashkil etish loyihalari yoʻl harakati ishtirokchilarining harakat yoʻnalishini belgilash maqsadida quyidagi holatlarda ishlab chiqiladi: yoʻllarni qurish, rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash yoki taʼmirlash chogʻida; transport vositalarining harakatlanishiga taʼsir qiluvchi qurilish, taʼmirlash ishlarini va boshqa ishlarni bajarish, shu jumladan muhandislik infratuzilmasi obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash yoki taʼmirlash chogʻida; ommaviy tadbirlarni (sport tadbirlari va madaniy tadbirlar, kino- va fototasvirga olish, ommaviy sayrlar, yarmarkalar, ommaviy yurishlar va boshqa tadbirlar) oʻtkazish chogʻida; dam olish va ishlanmaydigan bayram kunlarida dam olish obyektlari hamda zonalari bilan bogʻlaydigan yoʻllar boʻylab harakatlanish jadalligi normadan oshganda.