Yoʻl harakati toʻgʻrisida 43-modda. Yoʻl harakati ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari

Yoʻl harakati ishtirokchilarining yoʻllarda harakatlanishning xavfsiz shart-sharoitlariga boʻlgan huquqlari davlat tomonidan kafolatlanadi. Yoʻl harakati ishtirokchilarining oʻz huquqlarini amalga oshirishi yoʻl harakati boshqa ishtirokchilarining huquqlarini cheklamasligi yoki buzmasligi kerak. Yoʻl harakati ishtirokchilari quyidagi huquqlarga ega: Yoʻl harakati qoidalariga muvofiq yoʻllarda erkin va moneliksiz harakatlanish; qonunchilikda nazarda tutilgan oʻz huquqlarining cheklanishi yoki buzilishi sabablari toʻgʻrisida maxsus vakolatli davlat organlarining mansabdor shaxslaridan tushuntirishlar olish; harakatlanishning xavfsiz sharoitlari toʻgʻrisida, yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash bilan bogʻliq boʻlgan texnik vositalar va xizmatlarning sifati haqida toʻliq hamda ishonchli axborot olish; yoʻl-transport hodisalari sodir boʻlganda qonunchilikka muvofiq zimmasiga bepul tibbiy yordam koʻrsatish, qutqaruv ishlarini olib borish va boshqa shoshilinch yordam koʻrsatish majburiyati yuklatilgan tashkilotlar hamda mansabdor shaxslardan shunday yordamlar olish; yoʻl-transport hodisasi natijasida oʻziga tan jarohatlari yetkazilgan, transport vositasi va yuk shikastlangan hollarda, qonunchilikda belgilangan tartibda zararning oʻrni qoplanishi, shuningdek maʼnaviy zarar kompensatsiya qilinishi; maxsus vakolatli davlat organlarining va mahalliy davlat hokimiyati organlarining yoʻl harakati sohasidagi qonunga xilof qarorlari, shuningdek ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi) ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilish; yoʻl belgilarini, chiziqlarini, svetoforlarni oʻzgartirish va oʻrnatish yuzasidan, yoʻl qoplamasining holati haqidagi takliflar hamda yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash masalalariga doir boshqa takliflar bilan tegishli organlarga murojaat etish. Yoʻl harakati ishtirokchilari: yoʻl harakati toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etishi; yoʻl harakati sohasidagi maxsus vakolatli davlat organlari va mahalliy davlat h