Tibbiy tekshiruv oʻziga tibbiy tekshiruvni oʻtkazish ruxsat etilgan tibbiyot muassasasi tomonidan, tekshiruvdan oʻtayotgan shaxs shaxsini tasdiqlovchi hujjatni (identifikatsiyalovchi ID-kartasini, pasportini, shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatini) koʻrsatgach oʻtkaziladi. Tibbiy tekshiruvni oʻtkazish uchun tibbiyot muassasasi tomonidan maxsus tibbiy komissiya tuziladi. Tibbiy komissiya tarkibi tibbiyot muassasasining maʼmuriyati tomonidan tasdiqlanadi. Tibbiy komissiya tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish bilan bogʻliq maʼlumotlarni aks ettirish uchun tibbiy tekshiruvdan oʻtayotgan shaxslarning ambulatoriya kartalarini yuritadi. Ambulatoriya kartasida tibbiy tekshiruvni oʻtkazishda ishtirok etayotgan barcha shifokorlar va mutaxassislarning tibbiy tekshiruvdan oʻtayotgan shaxs xususidagi tibbiy xulosalari koʻrsatilishi kerak. Tibbiy tekshiruv natijalariga koʻra tibbiyot muassasasi transport vositalarini boshqarishga doir tibbiy qarshi koʻrsatmalar mavjudligi (mavjud emasligi) toʻgʻrisidagi tibbiy komissiya xulosasini elektron shaklda rasmiylashtiradi va axborotning maxfiyligi taʼminlangan holda xulosani tibbiy tekshiruv oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran bir ish kuni ichida Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmatiga axborot tizimi orqali yuboradi. Tibbiy komissiya xulosasining koʻchirma nusxasi tibbiy tekshiruvdan oʻtgan shaxsga beriladi. Tibbiyot muassasalariga tibbiy yordam soʻrab murojaat qilgan fuqarolarda ushbu Qonunning ilovasida qayd etilgan tibbiy qarshi koʻrsatmalar aniqlangan taqdirda, mazkur axborot uning maxfiyligi taʼminlangan holda, tibbiyot muassasalari tomonidan Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmatiga axborot tizimi orqali yuboriladi. Tibbiy komissiyaning transport vositalarini boshqarishga doir tibbiy qarshi koʻrsatmalar mavjudligi toʻgʻrisidagi xulosasi, shuningdek ushbu Qonunning ilovasida koʻrsatilgan kasalliklar aniqlanganligi haqidagi axborot avtomototransport vositalarining hamda shahar elektr transporti vositalarining haydovchilarini tayyorlash va qay