Yoʻl harakati sohasidagi asosiy prinsiplar quyidagilardan iborat: qonuniylik; tizimlilik; ilmiylik; ochiqlik va oshkoralik; fuqarolar hayoti va sogʻligʻi muhofaza qilinishining ustuvorligi; ekologik xavfsizlikning va atrof-muhit muhofaza qilinishining ustuvorligi; mahalliy aholi va yoʻl harakati ishtirokchilari fikrining inobatga olinishi.