Yoʻl harakati toʻgʻrisida 52-modda. Yoʻl harakati sohasidagi tadbirlarni moliyaviy va moddiy-texnika jihatidan taʼminlash

Yoʻl harakati sohasidagi tadbirlarni moliyaviy jihatdan taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi. Yoʻl harakati sohasidagi tadbirlarni moddiy-texnika jihatidan taʼminlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.