Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 17-sentabrdagi 498-son qarori bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. 📌 Nizom bilan Agentlikning: — maqomi va asosiy vazifalari; — huquq va majburiyatlari; — faoliyatini tashkil etish tartibi belgilandi. Sodda qilib aytganda, mazkur hujjat Agentlik qanday ishlashi, qanday vazifalarni bajarishi va qanday vakolatlarga ega ekanligini huquqiy jihatdan tartibga soladi. 📅 Qaror 2026-yil 18-sentabrdan kuchga kirgan.