Advokatura toʻgʻrisida 5-modda. Advokatlik faoliyatining turlari

Jismoniy va yuridik shaxslarga yuridik yordam koʻrsatish maqsadida advokat: huquqiy masalalar boʻyicha maslahatlar va tushuntirishlar, qonunchilik yuzasidan ogʻzaki va yozma maʼlumotnomalar beradi; huquqiy xususiyatdagi arizalar, shikoyatlar va boshqa hujjatlarni tuzadi; fuqarolik, iqtisodiy va maʼmuriy ishlari hamda maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sudda, boshqa davlat organlarida, jismoniy va yuridik shaxslar oldida vakillikni amalga oshiradi; jinoyat ishlari boʻyicha surishtiruv, dastlabki tergov bosqichida va sudda himoyachi, jabrlanuvchining vakili, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar sifatida ishtirok etadi; tadbirkorlik faoliyatiga yuridik xizmat koʻrsatadi. hakamlik sudida va xalqaro tijorat arbitrajida (sudida) vakillikni amalga oshiradi. Advokat qonunchilikda man etilmagan boshqa turdagi yuridik yordam ham koʻrsatishi mumkin.