Advokatura toʻgʻrisida 6-modda. Advokatning huquqlari

Advokat kasbiy faoliyatini amalga oshirish chogʻida quyidagi huquqlarga egadir: tegishli masalalarni hal etishga vakolatli boʻlgan barcha organlar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning topshirigʻiga muvofiq ularning manfaatlarini ifoda etish va huquqlarini himoya qilish; tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergovni oʻtkazish va ishni sudda koʻrib chiqish chogʻida yoki maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqayotgan organlarda va boshqa vakolatli organlarda maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi ish yoki jinoyat ishi materiallariga qoʻshib qoʻyilishi, shuningdek albatta baholanishi lozim boʻlgan dalillarni toʻplash va taqdim etish; yuridik yordam koʻrsatilishi munosabati bilan advokat tomonidan soʻralgan hujjatlarni yoki ularning tasdiqlangan koʻchirma nusxalarini qonunchilikda belgilangan tartibda berishi shart boʻlgan davlat organlari va boshqa organlardan, shuningdek korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan maʼlumotnomalar, tavsifnomalar hamda boshqa hujjatlarni soʻrash va olish; yuridik yordam koʻrsatish uchun zarur boʻlgan masalalar yuzasidan ekspertlarning yozma xulosalarini, mutaxassislarning maʼlumotnoma-maslahatlarini ishonch bildiruvchi shaxsning (himoya ostidagi shaxsning) roziligi bilan soʻrash va olish; ishga taalluqli axborotdan xabardor boʻlgan shaxslarni soʻrovdan oʻtkazish va ularning roziligi bilan yozma tushuntirish olish; toʻplangan materiallarni oʻz ishonch bildiruvchi shaxsining (himoya ostidagi shaxsning) ishi yuzasidan ish yuritayotgan sudlarga va boshqa davlat organlariga taqdim etish; advokat yuridik yordam koʻrsatayotgan ishdagi zarur maʼlumotlarni yozib olish, materiallar va hujjatlardan texnika vositalari yordamida oʻz hisobidan nusxalar olish yoki ularda koʻrsatilgan maʼlumotlarni oʻzga shaklda qayd etish, bunda davlat sirlari, tijorat siri yoki boshqa sirni oʻz ichiga olgan axborotni oshkor qilmaslik; ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi shaxs) bilan maxfiylik ta