Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishga joylashtiriladigan davlatda himoya qilish: Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari; Migratsiya agentligi; yuboruvchi tashkilotlar; nodavlat notijorat tashkilotlari; boshqa tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi. Davlat hokimiyati organlari oʻz vakolatlari doirasida hamda fuqarolarni Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijiy mamlakatlarga yuborish masalalari boʻyicha xalqaro shartnomalarda nazarda tutilgan majburiyatlarga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirishi shart.