Aholi bandligi toʻgʻrisida 106-modda. Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirganidan soʻng qaytgan fuqarolarni ishga joylashtirishga koʻmaklashish

Mehnat organlari Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirganidan soʻng qaytgan fuqarolarni ular Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida olgan kasbiy malaka va bilimlarni hisobga olgan holda, ushbu Qonunning 25-moddasida nazarda tutilgan xizmatlarni ularga koʻrsatish orqali ishga joylashtirishga koʻmaklashadi.