Ish beruvchi Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqiga doir tasdiqnomani olish uchun davlat xizmatlari markazlariga shaxsan kelib murojaat qiladi. Ish beruvchi tasdiqnomani elektron shaklda olish uchun YIDXP yoki onlayn-maydonchada roʻyxatdan oʻtadi. Arizani koʻrib chiqqanlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yigʻim undiriladi. Arizani koʻrib chiqish uchun yigʻimlar summalari soliq solish obyekti boʻlmaydi. Shaxsan kelib murojaat qilinganda, davlat xizmatlari markazlari ariza toʻldirilgan paytdan eʼtiboran bir soat ichida arizani Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligiga va tegishli hududiy mehnat organiga yuboradi. YIDXP yoki onlayn-maydoncha orqali murojaat qilinganda ariza avtomatik tarzda Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligiga va tegishli hududiy mehnat organiga yuboriladi. Ariza kelib tushgan kundan eʼtiboran besh ish kuni ichida hududiy mehnat organi: chet ellik fuqarolarni jalb etishning maqsadga muvofiqligini ish beruvchi tomonidan koʻrsatilgan boʻsh (vakant) ish oʻrinlari uchun mahalliy ishchi kuchi mavjudligini hisobga olgan holda oʻrganadi; YIDXP yoki onlayn-maydoncha orqali Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligiga chet ellik fuqarolarni jalb etishning maqsadga muvofiqligi yoki maqsadga muvofiq emasligi toʻgʻrisidagi xulosani elektron shaklda yuboradi. Ariza kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn besh ish kuni ichida Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi: jalb etilayotgan chet ellik fuqarolarning soni va mutaxassisliklari (lavozimlari) ish beruvchining ishchi kuchiga boʻlgan haqiqiy ehtiyojiga muvofiqligini oʻrganadi; davlat xizmatlari markazlariga (shaxsan kelib murojaat qilinganda) yoki ish beruvchiga (elektron shaklda murojaat qilinganda) YIDXP yoki onlayn-maydoncha orqali qabul qilingan qaror toʻgʻrisidagi xabarnomani yuboradi, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi hududida