Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqiga doir tasdiqnomaning amal qilishi quyidagi hollarda tugatiladi: chet ellik fuqaro Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqiga doir tasdiqnomaning amal qilishini tugatish toʻgʻrisida ariza bilan murojaat qilganda; chet ellik fuqaro bilan ish beruvchi oʻrtasidagi mehnat shartnomasi muddatidan oldin tugatilganda; yuridik shaxs boʻlgan ish beruvchi tugatilganda — tugatilgan paytdan eʼtiboran yoki uning faoliyati qayta tashkil etish natijasida tugatilganda — qayta tashkil etilgan paytdan eʼtiboran, bundan yangi yuzaga kelgan yuridik shaxs davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanada qayta tashkil etilayotgan yuridik shaxslarda ayni bir harakatni va (yoki) faoliyatni bajarish va (yoki) amalga oshirish uchun ruxsat berish xususiyatiga ega hujjat mavjud boʻlgan taqdirda, uning oʻzgartirilishi, shuningdek qoʻshib yuborilishi mustasno; ish beruvchi jismoniy shaxs boʻlgan tadbirkorlik subyekti davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishi tugatilganda; ish beruvchi boʻlgan jismoniy shaxs vafot etganda, uning muomalaga layoqatliligi belgilangan tartibda cheklanganda, u muomalaga layoqatsiz deb topilganda; aniqlangan qoidabuzarliklar mehnat organlarining chet ellik fuqarolarga berilgan koʻrsatmalarida koʻrsatilgan muddatlarda bartaraf etilmaganda; Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqiga doir tasdiqnomaning amal qilishi toʻxtatib turilishiga olib kelgan holatlar sud belgilagan muddatda chet ellik fuqarolar tomonidan bartaraf etilmaganda; Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqiga doir tasdiqnoma berish toʻgʻrisidagi qarori qonunga xilof ekanligi aniqlanganda; Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqiga doir tasdiqnomaning amal qilish muddati tugaganda. Ish beruvchi bilan shartnoma muddatidan oldin bekor qilinganidan soʻng yuqori malakali va malakali mutax