Aholi bandligi toʻgʻrisida 14-modda. Xususiy bandlik agentliklarining aholi bandligiga koʻmaklashishda ishtirok etishi

Xususiy bandlik agentliklari ish qidirayotgan shaxslarga va ishsiz shaxslarga ish tanlash hamda ishga joylashtirish, ish beruvchilarga kadrlarni tanlash boʻyicha xizmatlar koʻrsatadi, shuningdek ishga joylashtirish sohasida axborot va maslahat xizmatlarini taqdim etadi. Xususiy bandlik agentliklari quyidagi xizmat turlarini koʻrsatadi: Oʻzbekiston Respublikasi hududida ish qidirayotgan shaxslar va ishsiz shaxslar uchun ish tanlash; ish beruvchilar uchun kadrlar tanlash; Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida ish qidirayotgan shaxslarni va ishsiz shaxslarni ishga joylashtirish; ishga joylashtirish sohasida axborot va maslahat xizmatlari. Xususiy bandlik agentliklarining faoliyati “Xususiy bandlik agentliklari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan tartibga solinadi.