Aholi bandligi toʻgʻrisida 15-modda. Ishga joylashtirish boʻyicha agentlar

Ishga joylashtirish boʻyicha agentlar aholining ishga joylashishiga koʻmaklashishga doir ishlarni mahalliy mehnat organlari bilan tuzilgan shartnomalar asosida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda bajaruvchi jismoniy shaxslardir. Ishga joylashtirish boʻyicha agentlarga aholini ishga joylashtirishga koʻmaklashganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda hamda miqdorlarda ragʻbatlantiruvchi xususiyatga ega toʻlovlar amalga oshiriladi.