Ish oʻrinlarini tashkil etishga doir davlat buyurtmasini olgan tashkilotlarga Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlaridan ssuda ajratilishi mumkin. Ssuda Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan uch yilgacha boʻlgan muddatga, milliy valyutada beriladi. Ssuda miqdori ish oʻrinlarini tashkil etishga doir davlat buyurtmasi dasturiga koʻra tashkil etiladigan bitta ish oʻrni uchun hisoblaganda bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan oshib ketishi mumkin emas. Ssuda ajratilishi uchun tashkilot: ish oʻrinlarini tashkil etishga doir davlat buyurtmasi dasturiga, shuningdek aholi bandligiga koʻmaklashish hududiy dasturlariga kiritilgan boʻlishi; soliq boʻyicha qarzdorlikka, tijorat banklarining kreditlari boʻyicha kechiktirilgan qarzdorlikka ega boʻlmasligi kerak. Ssuda ajratilishi toʻgʻrisidagi qarorni tayyorlash uchun tashkilot Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: ssuda olish uchun arizani; ssuda berilishi maqsadga muvofiqligining texnik-iqtisodiy asosi va uning qaytarilishi kafolatlarini; ssudaning qaytarilish taʼminoti, shu jumladan garov, kafillik, bank kafolati yoki qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa taʼminot turini. Taqdim etilgan hujjatlarni tahlil qilish asosida Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi ssuda ajratish haqida yoki uni ajratishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi ssuda berilishini quyidagi hollarda rad etishga haqli: ushbu moddaning beshinchi qismida koʻrsatilgan hujjatlar ariza beruvchi tomonidan toʻliq hajmda taqdim etilmaganda; ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlar mavjud boʻlganda. Ssuda berish rad etilgan taqdirda, ariza beruvchiga rad etish sabablari koʻrsatilgan xabarnoma bir ish kuni ichida yuboriladi. Ssuda o