Aholi bandligi toʻgʻrisida 27-modda. Ish qidirayotgan shaxslarga va ishsiz shaxslarga maslahat berish

Mahalliy mehnat organlari xodimlari maslahat berish chogʻida ish qidirayotgan shaxslarga va ishsiz shaxslarga: aholi bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik; boʻsh (vakant) ish oʻrinlari mavjudligi, shu jumladan tegishli hududda joylashgan tashkilotlarda boʻsh (vakant) ish oʻrinlari mavjudligi, boʻsh (vakant) ish oʻrinlaridagi mehnatga haq toʻlash miqdori va boshqa mehnat sharoitlari; yangidan tashkil etiladigan ish oʻrinlari va rivojlantirish dasturlari; kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirishdan oʻtish imkoniyatlari hamda shartlari; haq toʻlanadigan jamoat ishlarida ishtirok etish imkoniyatlari; ish qidirayotgan shaxslarga va ishsiz shaxslarga taqdim etiladigan ijtimoiy kafolatlar va mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikning normalari; zaxiraga qoʻyiladigan ish oʻrinlariga joylashtirish tartibi; oʻzini oʻzi band qilgan shaxs maqomini olish tartibi; subsidiyalar va grantlar; xususiy tadbirkorlik ishini tashkil etish imkoniyatlari, startap-loyihalarini qoʻllab-quvvatlash choralari, shuningdek namunaviy biznes-rejalar; aholi bandligini taʼminlashga qaratilgan loyihalarni mikrokreditlash dasturlari; Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida uyushgan holda ishga olish boʻyicha vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish imkoniyatlari; xususiy bandlik agentliklari; ish qidirayotgan shaxslarga va ishsiz shaxslarga mahalliy mehnat organlari tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlarning boshqa turlari toʻgʻrisida axborot taqdim etadi. Murojaat etgan shaxsga u belgilagan masala boʻyicha toʻliq maʼlumot berish imkoni boʻlmagan taqdirda, mahalliy mehnat organining xodimi takroran maslahat berish kuni va vaqtini belgilashi kerak.