Ish qidirayotgan shaxs sifatida roʻyxatga olish mahalliy mehnat organining masʼul xodimi tomonidan amalga oshiriladi. Ish qidirayotgan shaxslar mahalliy mehnat organiga pasportini yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasini yoxud shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatni taqdim etgan holda murojaat qiladi. Ish qidirayotgan shaxslarning ish staji, maʼlumoti (mavjud boʻlgan taqdirda), ish haqi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar hamda boshqa maʼlumotlar mahalliy mehnat organi tomonidan masʼul davlat organlari va tashkilotlardan mustaqil ravishda, shu jumladan “Raqamli hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali soʻrab olinadi. Ish qidirayotgan shaxslar mahalliy mehnat organlariga kasbi yoki kasbiy malakasi mavjudligini tasdiqlovchi hujjatni yoki uning koʻchirma nusxasini (kasbi yoki kasbiy malakasi mavjud boʻlgan taqdirda) taqdim etishi mumkin. “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarining talabnomasi asosida mahalliy mehnat organlariga roʻyxati taqdim etilgan, tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan, tegishli bilim va koʻnikmalarga ega boʻlgan xotin-qizlar ish qidirayotgan shaxslar sifatida oʻz murojaatisiz roʻyxatga olinadi. Bunday shaxslar haqidagi maʼlumotlar (ish staji, maʼlumoti (mavjud boʻlgan taqdirda), ish haqi va boshqalar) hamda ularning yetarli bilim va koʻnikmalarga ega ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan mahalliy mehnat organlariga “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi orqali yuboriladi. Zarur boʻlganda, mahalliy mehnat organi elektron soʻrov yuborish orqali masʼul tashkilotlardan quyidagi maʼlumotlarni olishi mumkin: tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalaridan — tavsiya etilayotgan mehnatning xususiyati va sharoitlari toʻgʻrisidagi xulosani (nogironligi boʻlgan shaxslarga nisbatan); sogʻliqni saqlash muassasalaridan — tibbiy xulosalarni va boshqa tasdiqlovchi hujjatlarni (sogʻligʻining holatiga koʻra mehnat faoliyatida cheklovlar mavjud boʻlgan shaxslarga nisbatan); jazoni ijro etish muassasalaridan — shax