Aholi bandligi toʻgʻrisida 41-modda. Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashining ish oʻrinlarining eng kam sonini tashkil etishga doir qarorini bajarmaganlik, shuningdek zaxiraga qoʻyiladigan ish oʻrinlariga ishga joylashtirishni asossiz ravishda rad etganlik uchun javobgarlik

Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashining davlat qoʻshimcha kafolatlarni taʼminlaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini tashkil etishga doir qarorini bajarmaganlik, shuningdek zaxiraga qoʻyiladigan ish oʻrinlariga mahalliy mehnat organlari tomonidan yuborilgan shaxslarni ishga qabul qilishni asossiz ravishda rad etganlik Qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab boʻladi. Javobgarlikka tortish zaxiraga qoʻyiladigan ish oʻrinlarining belgilangan sonini tashkil etish majburiyatidan ozod qilmaydi.