Buyurtmachilar-ish beruvchilar haq toʻlanadigan jamoat ishlarining zarur turlari va hajmlarini mahalliy mehnat organlari bilan birgalikda belgilaydi. Buyurtmachilar-ish beruvchilar haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etishga doir talabnomani mahalliy mehnat organlariga taqdim etadi. Mahalliy mehnat organlari buyurtmachilar-ish beruvchilarning talabnomalarida koʻrsatilgan ishchi kuchiga boʻlgan talabni hisobga olgan holda, haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb etiladigan ish qidirayotgan shaxslarni va ishsiz shaxslarning (bundan buyon matnda haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb etiladigan shaxslar deb yuritiladi) roʻyxatlarini shakllantiradi. Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamgʻarmasi haq toʻlanadigan jamoat ishlari bajarilishini mahalliy mehnat organlarining umumlashtirilgan talabnomalari asosida moliyalashtiradi. Mahalliy mehnat organlari haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb etiladigan shaxslarning roʻyxatini ilova qilgan holda buyurtmachilar-ish beruvchilar bilan shartnomalar tuzadi. Mahalliy mehnat organlari buyurtmachi-ish beruvchi bilan shartnoma tuzganidan soʻng haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb etiladigan shaxslarga haq toʻlanadigan jamoat ishlari uchun yoʻllanma beradi. Buyurtmachi-ish beruvchi haq toʻlanadigan jamoat ishlarini amalga oshirish vaqtida mehnatni muhofaza qilishga doir lozim darajadagi shart-sharoitlarni qonunchilikka muvofiq taʼminlaydi. Haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb etiladigan shaxslarga ish haqi toʻgʻri hisoblanishi va bajarilgan jamoat ishlarining haqiqiy hajmlari toʻgʻri hisobga olinishi uchun, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamgʻarmasining haq toʻlanadigan jamoat ishlariga haq toʻlash boʻyicha xarajatlarning oʻrnini qoplash uchun yoʻnaltirilgan mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi yuzasidan javobgarlik buyurtmachi-ish beruvchining zimmasiga yuklatiladi. Mahalliy meh