Haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb etiladigan shaxslar bilan haq toʻlanadigan jamoat ishlarida ishtirok etish uchun kamida ikki haftalik, lekin olti oydan koʻp boʻlmagan muddatga muddatli mehnat shartnomalari tuziladi. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining aholi bandligiga koʻmaklashish boʻyicha hududiy dasturlari doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan kelishilgan holda, jamoat ishlarida ishtirok etish uchun oʻn bir oygacha muddatga mehnat shartnomalari tuzilishi mumkin. Budjet tashkilotlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shu jumladan jamoatchi xodimlar mehnatiga haq toʻlash boʻyicha), shuningdek koʻp kvartirali uylardagi uy-joy mulkdorlarining shirkatlari tomonidan (tutash hududlarni obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish va saqlash boʻyicha) tashkil etiladigan haq toʻlanadigan jamoat ishlarida mahalliy mehnat organining yoʻllanmalariga koʻra haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb etiladigan shaxslarning mehnatiga haq toʻlashga oid xarajatlarning oʻrni Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamgʻarmasining mablagʻlari hisobidan toʻliq qoplanadi. Bunda haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb etiladigan shaxslarning mehnatiga haq toʻlash mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoridan kam boʻlishi va mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining ikki baravaridan koʻp boʻlishi mumkin emas hamda mahalliy mehnat organi tomonidan yuborilgan shaxslar mehnatiga haq toʻlash boʻyicha xarajatlarning oʻrni keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamgʻarmasining mablagʻlari hisobidan yuz foiz qoplanadi. Tadbirkorlik subyektlari, nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan (bundan fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va koʻp kvartirali uylardagi uy-joy mulkdorlarining shirkatlari mustasno) tashkil etiladigan haq toʻlanadigan jamoat ishlarida mehnatga haq toʻlash boʻyic