Aholi bandligi toʻgʻrisida 67-modda. Kasbga oʻqitishga doir davlat buyurtmasi turlari

Kasbga oʻqitishga doir davlat buyurtmasi quyidagi turlar boʻyicha shakllantiriladi: uzoq muddatli oʻqitish — oʻquv jarayoni oʻttiz haftadan qirq haftagacha davom etadi; oʻrta muddatli oʻqitish — oʻquv jarayoni besh haftadan yigirma besh haftagacha davom etadi; qisqa muddatli oʻqitish — oʻquv jarayoni toʻrt haftagacha davom etadi; ishlab chiqarishda kasbga oʻqitish — oʻquv jarayoni ish beruvchida bir vaqtning oʻzida olib boriladigan mehnat faoliyati bilan bevosita bogʻliq boʻlib, bir nafar oʻquvchi uchun kelgusida ish beruvchida ishga joylashtirilgan holda kasbga tayyorlashdan (stajirovkadan) oʻtishi yigirma besh haftagacha davom etadi; maqsadli oʻqitish — oʻquv jarayoni toʻrt haftagacha davom etadi. Kasbga oʻqitishga doir davlat buyurtmasini shakllantirish uchun toʻlov qiymatini va moliyalashtirish hajmlarini belgilashda bir nafar oʻquvchiga sarflanadigan xarajatlar mezon boʻladi.