Aholi bandligi toʻgʻrisida 71-modda. Ishlab chiqarishda kasbga oʻqitish

Ishlab chiqarishda kasbga oʻqitish oʻquv jarayonini bevosita ish beruvchida tashkil etish orqali amalga oshiriladi. Ish beruvchi kasbga tayyorlashni (stajirovkani) oʻtkazish uchun masʼul boʻlgan shaxslarni belgilaydi, oʻquv dasturini, shuningdek kasbga tayyorlash (stajirovka) oʻtkaziladigan joyni tasdiqlaydi.