Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish boʻyicha respublika kengashi (bundan buyon matnda Respublika kengashi deb yuritiladi): Kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish milliy tizimi boshqa ishtirokchilarining malaka va bilimlarini baholashga doir faoliyatini muvofiqlashtirishni amalga oshiradi; xalqaro standartlar va ilgʻor xorijiy tajribani hisobga olgan holda Kasbiy bilimlarni rivojlantirish milliy tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha takliflarni tayyorlashni amalga oshiradi; Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan kasbga oʻqitish markazlarini va malakani baholash markazlarini akkreditatsiya qilish maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosalar beradi; kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish boʻyicha tarmoq kengashlarini tashkil etish toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi; malakani baholash markazlarining malakani baholash usullarini ishlab chiqishga doir faoliyatini muvofiqlashtiradi; malakani baholash markazlari faoliyati ustidan nazoratni va monitoringni amalga oshiradi; Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligiga malakani baholash markazlarini akkreditatsiya qilish boʻyicha tavsiyalar, takliflar kiritadi. Respublika kengashi tarkibiga respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining, xoʻjalik birlashmalarining, kompaniyalarning, assotsiatsiyalarning, tashkilotlarning, kasaba uyushmalarining (ular birlashmalarining) hamda ilmiy hamjamiyatning vakillari kiradi. Respublika kengashi tarkibiga chet ellik ekspertlar hamda chet el kompaniyalarining va Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan xalqaro tashkilotlarning vakillari ham kirishi mumkin. Respublika kengashi aʼzolari uning faoliyatida jamoatchilik asosida ishtirok etadi. Respublika kengashi ekspertlarni, shu jumladan xorijlik ekspertlarni shartnoma asosida jalb qilishi mumkin. Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandl