Aholi bandligi toʻgʻrisida 8-modda. Aholi bandligi sohasidagi vakolatli davlat organi

Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi aholi bandligi sohasidagi vakolatli davlat organidir. Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi: aholi bandligi sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshiradi; aholi bandligi sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi; aholi bandligi sohasida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining va boshqa tashkilotlarning faoliyatini hamda hamkorligini muvofiqlashtiradi; ish qidirayotgan shaxslarni va ishsiz shaxslarni ishga joylashtirish, shuningdek aholini haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb etish jarayonlari monitoringini amalga oshiradi; tarmoqlar va hududlar kesimida ish oʻrinlarini tashkil etishga doir har yilgi davlat buyurtmasini shakllantiradi; ish qidirayotgan shaxslarni va ishsiz shaxslarni kasbga tayyorlashga, qayta tayyorlashga hamda ularning malakasini oshirishga doir har yilgi davlat buyurtmasini shakllantiradi; fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida ishga joylashishida koʻmaklashish, Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish davrida ularning huquqiy va ijtimoiy jihatdan himoya qilinishini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasiga qaytib kelganidan keyin reintegratsiya qilinishini taʼminlash boʻyicha choralarni amalga oshiradi; aholi bandligi masalalari yuzasidan mahalliy davlat hokimiyati organlariga va mahalliy mehnat organlariga uslubiy hamda amaliy yordam koʻrsatadi; ishga joylashishga muhtoj boʻlgan shaxslarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtiradi; ishga joylashtirish jarayonlariga ilgʻor axborot texnologiyalarini joriy etadi, “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksining ishlashini taʼminlaydi; aholi bandligiga koʻmaklashish boʻyicha xizmatlar bozorida zamonaviy infratuzilmani va raqobat muhitini yaratadi; Tasdiqlangan malakaga ega boʻlgan shaxslarning milli