Malaka, bilim va koʻnikmalarni baholash: kasbiy malakasi, bilimi va koʻnikmalarini baholashdan oʻtishni xohlovchi shaxsning tashabbusiga koʻra — ushbu shaxsning mablagʻlari hisobidan; ish beruvchining yoʻllanmasiga koʻra — ish beruvchining mablagʻlari hisobidan; kasbga oʻqitish markaziga xizmatlar koʻrsatish doirasida — kasbga oʻqitish markazining mablagʻlari hisobidan oʻtkaziladi. Malakani baholashdan oʻtish uchun ish kasbiy malakasi, bilimi va koʻnikmalarini baholashdan oʻtishni xohlovchi shaxs (ish beruvchi, kasbga oʻqitish markazi) tomonidan quyidagi hujjatlar malakani baholash markaziga bevosita yoki pochta aloqasi orqali yoxud axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda elektron shaklda taqdim etiladi: ishchilarga malaka razryadi va mutaxassislarga malaka toifasi berish boʻyicha imtihonda ishtirok etish toʻgʻrisidagi ariza; pasportga yoki identifikatsiyalovchi ID-kartaga yoxud shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatga oid maʼlumotlar; malaka, bilim va koʻnikmalarni baholashdan oʻtkazganlik uchun xizmatlarga haq toʻlanganligini tasdiqlovchi toʻlov hujjatining koʻchirma nusxasi; zarur boʻlganda, agar qonunchilikda nazarda tutilgan boʻlsa, kasbiy faoliyatning ayrim turlarini amalga oshirish uchun tegishli ruxsat olinganligi toʻgʻrisidagi hujjatlarning koʻchirma nusxalari. Ariza va u bilan qoʻshib topshiriladigan hujjatlar toʻplami malakani baholash markazida ular kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn yil davomida saqlanadi. Malakani baholash markazi ariza beruvchini hujjatlar koʻrib chiqish uchun qabul qilinganligi, ishchilarga malaka razryadi va mutaxassislarga malaka toifasi berish boʻyicha imtihonni oʻtkazish sanasi, joyi, vaqti va tartib-taomillari toʻgʻrisida besh ish kuni ichida xabardor qiladi. Ishchilarga malaka razryadi va mutaxassislarga malaka toifasi berish boʻyicha imtihonga uzrli sababga (kasallik yoki hujjatlar bilan tasdiqlangan boshqa holatlarga) koʻra kelmagan shaxs imtihonni malakani baholash markazi tomonidan belgilangan muddatda qayt