Aholi bandligi toʻgʻrisida 85-modda. Tasdiqlangan malakaga ega boʻlgan shaxslarning milliy reyestri

Tasdiqlangan malakaga ega boʻlgan shaxslarning milliy reyestri Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan yuritiladi. Tasdiqlangan malakaga ega boʻlgan shaxslar milliy reyestrining elektron platformasini, shuningdek malakani baholash markazlari faoliyatining dasturiy taʼminotini ishlab chiqish va taʼminlab borish Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasining mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi. Tasdiqlangan malakaga ega boʻlgan shaxslarning milliy reyestrida quyidagilar koʻrsatilishi kerak: tartib raqami; identifikatsiya raqami (avtomatik ravishda hosil boʻladigan noyob raqam); talabgorning (kasbiy malakasi, bilimi va koʻnikmalarini baholashdan oʻtishni xohlovchi shaxsning) familiyasi, ismi, otasining ismi; talabgorning (kasbiy malakasi, bilimi va koʻnikmalarini baholashdan oʻtishni xohlovchi shaxsning) pasportiga yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasiga oid maʼlumotlar; malaka, bilim va koʻnikmalar baholashdan oʻtkazilgan kasb (mutaxassislik) (yoki tegishli chet tili); malaka, bilim va koʻnikmalar baholashdan oʻtkazilgan kasb (mutaxassislik) kodi (bundan chet tilini bilishga doir imtihon topshirilgan hollar mustasno); tegishli kasb (mutaxassislik) boʻyicha malaka, bilim va koʻnikmalarni yoki chet tilini baholash; chet davlat qonunchiligining bazaviy asoslarini bilish darajasini baholash; chet davlatning tayanch madaniy-etnik asoslarini bilish darajasini baholash — mavjud boʻlgan taqdirda; malakani baholash markazining nomi va joylashgan yeri (pochta manzili); telefon (faks) raqami; rahbarning familiyasi, ismi, otasining ismi; ishchilarga malaka razryadi va mutaxassislarga malaka toifasi berish boʻyicha imtihonni topshirish sanasi va vaqti; berilgan malaka pasportlari toʻgʻrisida axborot; akkreditatsiya qilingan sana va akkreditatsiya raqami. Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi Tasdiqlangan malakaga ega boʻlgan shaxslarning milliy reyestriga joylashtirish uchu