Kasbiy standartlarni qayta koʻrib chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan besh yilda kamida bir marta amalga oshiriladi. Quyidagilar kasbiy standartni majburiy ravishda qayta koʻrib chiqish va almashtirish uchun asos boʻladi: xodimning mehnat vazifalari, bilim va malakalari oʻzgarishiga sabab boʻlgan ishlab chiqarish hamda mehnatni tashkil etishdagi muhim oʻzgarishlar, yangi texnologiyalar va tashkiliy-texnik tadbirlarning joriy etilishi; mehnat sharoitlariga doir notoʻgʻri belgilangan talablarning aniqlanishi; ish beruvchilar va xodimlarning kasbiy standartni qayta koʻrib chiqish yoki almashtirish yuzasidan asoslantirilgan takliflar bilan murojaat etishi. Kasbiy standartni qayta koʻrib chiqish (almashtirish) boʻyicha ishlarni bajarishga iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari mutaxassislari jalb etiladi.