Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi yuridik shaxs tashkil etilmagan holda respublika va mahalliy darajalarda tuziladigan davlat maqsadli jamgʻarmasidir. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasining mablagʻlari uning mustaqil balansida aks ettiriladi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Gʻaznachiligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻyicha gʻaznachilik boshqarmalari tomonidan ochiladigan gʻazna hisobvaraqlarida jamlanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish manbalari quyidagilardan iborat: ijtimoiy soliqdan qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladigan ajratmalar; Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan har yili ajratiladigan mablagʻlar; qonunchilikda nazarda tutilgan talablarni buzganlik uchun mehnat boʻyicha davlat huquqiy inspektorlari va mehnatni muhofaza qilish boʻyicha davlat texnik inspektorlari, shuningdek mehnat sharoitlari davlat ekspertizasining mansabdor shaxslari tomonidan belgilangan tartibda qoʻllaniladigan maʼmuriy jazolar summalari; Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining hududiy boʻlinmalariga biriktirilgan binolar, inshootlar hamda xonalarni realizatsiya qilishdan kelib tushadigan, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan toʻliq hajmda Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasiga oʻtkaziladigan mablagʻlar, bundan baholash va realizatsiya qilishga doir haqiqiy xarajatlar mustasno; barcha soliqlar va yigʻimlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga hamda davlat maqsadli jamgʻarmalariga taʼsischi tomonidan belgilanadigan miqdorda toʻlanganidan keyin Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tasarrufidagi tashkilotlarda qoladigan sof foydaning bir qismi; Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasining boʻ