Aholi bandligi toʻgʻrisida 97-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamgʻarmasi

Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamgʻarmasi (bundan buyon matnda Jamoat ishlari jamgʻarmasi deb yuritiladi) yuridik shaxs huquqi asosida tuzilgan. Jamoat ishlari jamgʻarmasi mablagʻlari quyidagi manbalar hisobidan shakllantiriladi: haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etish boʻyicha xarajatlarni moliyalashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan Jamoat ishlari jamgʻarmasiga ajratiladigan mablagʻlar; xalqaro moliya institutlari grantlari, jismoniy va yuridik shaxslarning, xayriya jamgʻarmalarining ixtiyoriy xayriyalari, boshqa xorijiy donorlarning mablagʻlari; asosiy vositalar, mini-uskunalar va ashyo-anjomlar ijarasidan olinadigan daromadlar; Jamoat ishlari jamgʻarmasining vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarini joylashtirishdan olinadigan daromadlar; qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan jamoat ishlarini moliyalashtirishga yoʻnaltiriladigan budjet ajratmalarining hajmlari har yili aniqlanadi va “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan tasdiqlanadi. Jamoat ishlari jamgʻarmasi daromadlari soliq solish obyekti boʻlmaydi va moliya yili davomida qayta koʻrib chiqilishi mumkin emas. Vasiylik kengashi Jamoat ishlari jamgʻarmasining yuqori boshqaruv organidir. Jamoat ishlari jamgʻarmasi mablagʻlarini boshqarish Ijro etuvchi direksiya tomonidan amalga oshiriladi. Jamoat ishlari jamgʻarmasi mablagʻlarining shakllanishi va kelib tushishini prognoz qilish boʻyicha hisobni yuritish hamda hisobotni tuzish qonunchilikda belgilangan tartibda Ijro etuvchi direksiya tomonidan amalga oshiriladi. Vasiylik kengashining tarkibi, shuningdek Ijro etuvchi direksiyaning tuzilmasi va xodimlari soni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Jamoat ishlari jamgʻarmasining mablagʻlaridan foydalanilishi ustidan nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va band