Aholi bandligi toʻgʻrisida 98-modda. Jamoat ishlari jamgʻarmasi mablagʻlaridan foydalanishning asosiy yoʻnalishlari

Jamoat ishlari jamgʻarmasi mablagʻlaridan quyidagilarni moliyalashtirish uchun foydalaniladi: haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb etiladigan shaxslarning mehnatiga haq toʻlashni; haq toʻlanadigan jamoat ishlarida foydalanish, shu jumladan ularni jamoat ishlariga jalb etiladigan shaxslarga, bir martalik, vaqtincha yoki mavsumiy ishlar bilan shugʻullanuvchi shaxslarga ijara shartlari asosida berish orqali foydalanish uchun moʻljallangan asosiy vositalar, mini-uskunalar va ashyo-anjomlarni olishni, shuningdek aholi bandligini taʼminlashni, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida taʼminlashni nazarda tutuvchi boshqa tadbirlarni amalga oshirishni; haq toʻlanadigan jamoat ishlarini bajarish uchun maxsus kiyim-bosh va xavfsizlik texnikasi vositalari olishni; qishloq, kommunal xoʻjaligi, yoʻl-transport sohasidagi va aholi bandligiga koʻmaklashishga doir chora-tadbirlarni ragʻbatlantirishga qaratilgan boshqa tarmoqlardagi infratuzilmani yaratish boʻyicha ishlarni amalga oshirish uchun subsidiyalar va grantlarni; Jamoat ishlari jamgʻarmasini saqlashni, shu jumladan xodimlar mehnatiga haq toʻlashni, binolarni, aloqa hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalarini saqlashni, xoʻjalik xarajatlarini va boshqa xarajatlarni; haq toʻlanadigan jamoat ishlarini amalga oshirish, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida amalga oshirish boʻyicha tashkilotlarni belgilangan tartibda tashkil etishni, shuningdek ustav fondida ishtirok etish orqali ularning faoliyatiga koʻmaklashishni; haq toʻlanadigan jamoat ishlarini amalga oshirish masalalariga doir axborot materiallarini tayyorlash va eʼlon qilishni, koʻrgazmali axborot tayyorlashni, materiallarni ommaviy axborot vositalarida joylashtirishni; Mehnat organlari xodimlarining mehnatini ragʻbatlantirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash jamgʻarmasiga mablagʻlarni tijorat banklariga joylashtirishdan olinadigan daromadlarning ellik foizi hajmida ajratmalar qilishni. Jamoat ishlari jamgʻarmasini