Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida 102-modda. Jamiyatni tugatish tartibi

Tugatuvchi ommaviy axborot vositalarida jamiyatning tugatilishi haqida, shuningdek uning kreditorlari tomonidan talablarni bayon etish tartibi va muddatlari toʻgʻrisida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda eʼlon beradi. Kreditorlar tomonidan talablar qoʻyish uchun belgilangan muddat jamiyatning tugatilishi toʻgʻrisida xabar eʼlon qilingan sanadan eʼtiboran ikki oydan kam boʻlmasligi lozim. Agar tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan vaqtga kelib, jamiyat kreditorlar oldida majburiyatlarga ega boʻlmasa, uning mol-mulki aksiyadorlar oʻrtasida ushbu Qonunning 103-moddasiga muvofiq taqsimlanadi. Tugatuvchi kreditorlarni aniqlash va debitorlik qarzlarini olish chora-tadbirlarini koʻradi, shuningdek kreditorlarni jamiyatning tugatilishi toʻgʻrisida yozma shaklda xabardor qiladi. Kreditorlar tomonidan talablarni qoʻyish uchun belgilangan muddat tugaganidan keyin tugatuvchi oraliq tugatish balansini tuzadi, mazkur balans tugatilayotgan jamiyat mol-mulkining tarkibi, kreditorlar qoʻygan talablar, shuningdek ularni koʻrib chiqish natijalari haqidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi. Oraliq tugatish balansi aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi tomonidan tasdiqlanadi. Agar tugatilayotgan jamiyatdagi mavjud pul mablagʻlari kreditorlarning talablarini qondirish uchun yetarli boʻlmasa, tugatuvchi jamiyatning mol-mulkini sud qarorlarini ijro etish uchun belgilangan tartibda kimoshdi savdosida sotishni amalga oshiradi. Tugatilayotgan jamiyat kreditorlariga pul summalarini toʻlash qonun hujjatlarida belgilangan navbat tartibida, tugatuvchi tomonidan oraliq tugatish balansiga muvofiq, u tasdiqlangan kundan eʼtiboran amalga oshiriladi. Kreditorlar bilan hisob-kitob qilish tugaganidan keyin tugatuvchi tugatish balansini tuzadi, u aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi tomonidan tasdiqlanadi. Tugatuvchi ushbu moddada nazarda tutilgan tartib-taomillar oxiriga yetkazilganidan soʻng jamiyatning qimmatli qogʻozlarini muomaladan chiqarish va jamiyat qimmatli qogʻozlari chiqarilishlarining davla