Aksiyadorlik jamiyati qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va muddatlarda axborotni oshkor qilishi shart. Aksiyadorlik jamiyati, shu jumladan yopiq aksiyadorlik jamiyati emissiyaviy qimmatli qogʻozlarni ommaviy joylashtirgan taqdirda, bu xususdagi axborotni qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi belgilagan hajmda va tartibda eʼlon qilishi shart. Aksiyadorlik jamiyatining ushbu Qonunda nazarda tutilgan axborotini eʼlon qilishni ommaviy axborot vositalari tomonidan asoslantirilmagan ravishda rad etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Davlat mulkini tasarruf etishga vakolatli organ davlatga tegishli aksiyalar realizatsiya qilinishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ommaviy axborot vositalarida eʼlon qiladi.