Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida 114-modda. Aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish institutlari

Aksiyadorlarning huquqlari: ushbu Qonunda belgilangan va ustavda nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarish orqali emitent (aksiyadorlik jamiyati boshqaruv organlari); qonun hujjatlariga muvofiq qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilari va fond birjalari; qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchilarining koʻngilli birlashmalari; sugʻurta tashkilotlari; qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi; auditorlik tashkilotlari; huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan himoya qilinadi. Aksiyadorlar va qimmatli qogʻozlar bozorining boshqa subyektlari oʻrtasida kelib chiqadigan nizolar sud tartibida hal etiladi.