Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida 30-modda. Aksiyalarga boʻlgan huquqlarning oʻtishi

Aksiyalarga boʻlgan huquqlar aksiyalarni oluvchiga uning depo hisobvaragʻiga tegishli kirim yozuvi belgilangan tartibda kiritilgan paytdan eʼtiboran oʻtadi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda depozitariy tomonidan beriladigan depo hisobvaragʻidan koʻchirma bilan tasdiqlanadi. Aksiya bilan tasdiqlanadigan huquqlar ularning oluvchisiga ushbu qimmatli qogʻozga boʻlgan huquqlar oʻtgan paytdan eʼtiboran oʻtadi.