Jamiyat dividendlar miqdorini ulardan undiriladigan soliqlarni inobatga olmagan holda eʼlon qiladi. Ochiq aksiyadorlik jamiyati toʻlanadigan dividendlar miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda ommaviy axborot vositalarida eʼlon qiladi. Agar mijozning topshirigʻiga binoan aksiyalar qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchisi tomonidan boshqarilayotgan boʻlsa, aksiyalarni saqlovchiga dividendlar investitsiya instituti haqini chegirib tashlagan holda toʻlanadi, bu haq mijoz bilan tuzilgan shartnomada belgilab qoʻyiladi.