Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida 67-modda. Aksiyadorlar umumiy yigʻilishining sirtdan ovoz berishni oʻtkazish yoʻli bilan (soʻrov yoʻli bilan) qabul qilinadigan qarori

Yopiq turdagi jamiyat aksiyadorlari umumiy yigʻilishining qarori yigʻilishni oʻtkazmagan holda jamiyat ustavida belgilangan tartibda sirtdan ovoz berishni oʻtkazish yoʻli bilan (soʻrov yoʻli bilan) qabul qilinishi mumkin. Aksiyadorlar umumiy yigʻilishining mutlaq vakolatiga kiritilgan masalalar boʻyicha sirtdan ovoz berishni oʻtkazish yoʻli bilan (soʻrov yoʻli bilan) qaror qabul qilinishi mumkin emas. Aksiyadorlar umumiy yigʻilishining sirtdan ovoz berish yoʻli bilan (soʻrov yoʻli bilan) qabul qilingan qarori, agar ovoz berishda jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining hammasi boʻlib kamida yetmish besh foiziga egalik qiluvchi aksiyadorlar qatnashgan boʻlsa, haqiqiy hisoblanadi. Sirtdan ovoz berish ushbu Qonun 77-moddasining talablariga javob beradigan ovoz berish byulletenlaridan foydalangan holda oʻtkaziladi. Aksiyadorlarga ovoz berish uchun byulletenlar berish sanasi jamiyat byulletenlarni qabul qilishni toʻxtatadigan kundan kamida 30 kun oldin belgilanishi kerak. Davlat vakili aksiyadorlar umumiy yigʻilishining sirtdan ovoz berish yoʻli bilan (soʻrov yoʻli bilan) qabul qilingan qaroriga veto qoʻyishga haqli.