Ovoz berish byulletenlari yordamida ovoz berilganida ovoz beruvchi qaysi masala boʻyicha ehtimol tutilgan ovoz berish variantlaridan faqat bittasini qoldirgan boʻlsa, oʻsha masala boʻyicha berilgan ovozlar hisobga olinadi. Yuqoridagi talabni buzgan holda toʻldirilgan ovoz berish byulletenlari haqiqiy emas deb topiladi va ulardagi masalalar boʻyicha berilgan ovozlar hisobga olinmaydi. Agar ovoz berish byulletenida ovozga qoʻyilgan bir necha masala aks ettirilgan boʻlsa, bir yoki bir necha masalaga nisbatan yuqorida koʻrsatilgan talabga rioya etilmaganligi byulletenning umuman haqiqiy emas deb hisoblanishiga sabab boʻlmaydi.