Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida 90-modda. Jamiyatning mol-mulk olishi yoki uni tasarrufidan chiqarishi bilan bogʻliq yirik bitimni tuzish

Qiymati bitim tuzish toʻgʻrisida qaror qabul qilinayotgan sanada jamiyat aktivlari balans qiymatining yigirma besh foizidan ellik foizgachasini tashkil etuvchi mol-mulk xususida boʻlgan yirik bitim tuzish toʻgʻrisidagi qaror kuzatuv kengashi tomonidan yakdillik bilan qabul qilinadi, bunda kuzatuv kengashining tarkibdan chiqib ketgan aʼzolari ovozi hisobga olinmaydi. Yirik bitim tuzish masalasida jamiyat kuzatuv kengashining yakdilligiga erishilmagan hollarda yirik bitim tuzish toʻgʻrisidagi masala kuzatuv kengashi qaroriga muvofiq aksiyadorlar umumiy yigʻilishi hukmiga havola etilishi mumkin. Bitim tuzish toʻgʻrisida qaror qabul qilinayotgan sanada jamiyat aktivlari balans qiymatining ellik foizidan ortiq qiymatni tashkil etuvchi mol-mulk xususida yirik bitim tuzish toʻgʻrisidagi qaror aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi tomonidan qabul qilinadi.