Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida 94-modda. Tuzilishidan manfaatdorlik boʻlgan bitimga qoʻyiladigan talablarga rioya etmaslik oqibatlari

Tuzilishidan manfaatdorlik boʻlgan bitim ushbu Qonunning 93-moddasida nazarda tutilgan talablarni buzgan holda tuzilgan boʻlsa, u qonun hujjatlarida belgilangan tartibda haqiqiy emas deb topilishi mumkin. Manfaatdor shaxs jamiyatga oʻzi yetkazgan zarar miqdorida jamiyat oldida javobgar boʻladi. Agar bir necha shaxs javobgar boʻlsa, ularning jamiyat oldidagi javobgarligi solidar javobgarlik boʻladi.