Axborotlashtirish toʻgʻrisida 7-1-modda. Axborot resurslarini yaratishda xamda axborot tizimlari ishida sunʼiy intellektdan foydalanish

Sunʼiy intellektdan foydalanib yaratilgan axborot resurslari hamda sunʼiy intellekt texnologiyalari asosida ishlaydigan axborot tizimlari insonga, uning hayotiga, sogʻligiga, erkinligiga, shaʼniga, kadr-qimmatiga putur yetkazmasligi va uning boshqa ajralmas huquqlarini buzmasligi shart. Insonning huquqi va erkinligiga aloqador boʻlgan yuridik ahamiyatga ega qarorlarni qabul qilish chogida faqat sunʼiy intellektdan foydalangan holda yaratilgan axborot resurslari va sunʼiy intellekt texnologiyalari asosida ishlaydigan axborot tizimlarining xulosalariga tayanish mumkin emas.