Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida 10-modda. Banklarni roʻyxatga olish va ular faoliyatini litsenziyalash

Banklar Markaziy bankda roʻyxatga olingan paytdan boshlab yuridik shaxs maqomiga ega boʻladilar. Roʻyxatga olish tartibi va shartlari Markaziy bank tomonidan belgilanadi. Roʻyxatga olish bilan bir vaqtda banklarga bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya topshiriladi. Banklarni roʻyxatga olish va ularga litsenziya berish haq evaziga amalga oshiriladi. Banklarning filiallari Markaziy bankda roʻyxatga olinadi va oʻz faoliyatlarini ularni tashkil etgan bankka berilgan litsenziya asosida amalga oshiradilar.