Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida 16-modda. Banklarning filial hamda vakolatxonalari

Banklar Oʻzbekiston Respublikasida oʻz filiallarini, chet el banklari esa oʻz vakolatxonalarini Markaziy bankning ruxsati bilan ochishlari mumkin. Bank filiali — uni tashkil etgan bank nomidan bank faoliyatini amalga oshiruvchi alohida boʻlinmadir. Chet el banki vakolatxonasi — bank faoliyatini amalga oshirmagan holda bankning manfaatlarini koʻzlab ish yurituvchi alohida boʻlinmadir. Filiallarning rahbarlarini ularni tashkil etgan bankning rahbari Markaziy bank bilan kelishib tayinlaydi.