Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida 28-modda. Banklarning kredit stavkalari va vositachilik haqi miqdorini belgilash huquqlari

Bank operatsiyalari boʻyicha foiz stavkalari va vositachilik haqi miqdori banklar tomonidan mustaqil belgilanadi. Davlat dasturlarini moliyalash uchun Markaziy bank tomonidan banklarga beriladigan kreditlar boʻyicha Markaziy bank ushbu banklar qarzdordan undirib oladigan foiz stavkalarining eng koʻp miqdorini belgilashi mumkin, bunda markazlashtirilgan resurslar uchun toʻlov va banklarning xarajatlari oʻrnini qoplash hisobga olinadi.