Vasiy bankning mansabdor shaxslari va uning aksiyadorlari vakolatlariga, shuningdek bank ahvolini normallashtirish uchun zarur choralar koʻrish, jumladan qonun hujjatlariga muvofiq filiallarni yopish, mansabdor shaxslarni va xizmatchilarni ishdan boʻshatish huquqiga ega boʻladi. Vasiy istalgan paytda fuqarolarning depozitlari va investitsiyalari bir yildan koʻp boʻlmagan muddatga qisman yoki toʻla toʻxtatib qoʻyilganligini eʼlon qilishi mumkin, bunda depozitlar va investitsiyalarning taxminiy qiymatini saqlab qoladigan choralar koʻrilishi shart. Basharti, vasiylik vaqtida yoki vasiylik davrining oxirida bankni sogʻlomlashtirishning iloji yoʻqligi Markaziy bank tomonidan aniqlansa, u litsenziyani chaqirib oladi va belgilangan tartibda bankni tugatadi.
V. BANK MIJOZLARINING MANFAATLARINI HIMOYA QILISh