Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida 44-modda. Banklarni nazorat qilish

Markaziy bank qonun hujjatlariga muvofiq banklar faoliyatini nazorat qilib boradi. Markaziy bank tijorat banklaridan axborot berishni talab qilishga va ushbu Qonunni bajarish maqsadida boshqa ishlarni amalga oshirishga haqlidir. Banklar faoliyatini tekshirish Markaziy bank tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi.