Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida 8-modda. Bank ustavi

Banklar oʻz ustavlari asosida faoliyat koʻrsatadilar. Bank ustavida: bankning (toʻla va qisqartirilgan) nomi va qayerda joylashganligi (pochta manzili); bank operatsiyalarining roʻyxati; ustav kapitalining miqdori, muassislar roʻyxati va ustav kapitalidagi ulushlarning taqsimoti; bankning boshqaruv organlari, ularni tashkil etish tartibi, ularning vakolatlari hamda vazifalari haqidagi maʼlumotlar; bank auditi tartibi, shu jumladan buxgalteriya hisobi xalqaro standartlariga muvofiq belgilangan hisobotlar va auditorlik dasturlarining maqsadlari koʻrsatilgan boʻlishi lozim. Bank ustavida, ushbu moddada belgilangan talablardan tashqari, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan maʼlumotlar ham boʻlishi kerak. Bank ustaviga kiritiladigan oʻzgartishlar belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim.