Bojxona kodeksi 1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi bilan tartibga solinadigan munosabatlar

Ushbu Kodeks Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlarni va transport vositalarini olib oʻtish, bojxona toʻlovlarini undirish, bojxona rasmiylashtiruvi, bojxona nazoratini amalga oshirish, shuningdek bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish hollarining oldini olish, ularni aniqlash va ularga chek qoʻyish tartibini belgilash bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga soladi.